date

Barbarez: Hammasi ogʻriqli


Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Avstriyaga qarshi o'yinda 1:1 hisobida durang o'ynadi va jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi. Uchrashuv yakunlari bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Barbarez o'z fikrlarini bildirdi.

"Biroz omad yetishmadi. Hammasi ogʻriqli, futbolchilarni kiyinish xonasida g'amgin holda ko'rish achinarli, lekin hayot davom etadi.

Albatta, mart oyida bo'lib o'tadigan pley-off uchun kuch yig'ib, tayyorlanamiz", dedi murabbiy vijesti.me nashriga bergan intervyusida. Jurnalistlar Barbarezdan pley-offda kim bilan o'ynashni xohlashini so'rashdi.

"Kim tushishi muhim emas. Mening vazifam yigitlarni ruhlantirish, avvalgi kabi atmosferani yaratish va bu o'yinlarni yutishga harakat qilishdir", deya qo'shimcha qildi u.

Avstriya 19 ochko to'plab birinchi o'rinni egalladi, bosniyaliklar esa 17 ochko bilan ikkinchi o'rinda qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barbarez: Hammasi ogʻriqli