date

Kurtua: "Habi bilan munosabatlar yaxshi"


Madridning "Real" darvozaboni Tibo Kurtua bosh murabbiy Habi Alonsoning ayrim futbolchilar bilan munosabatlari haqida savolga javob berdi. "Habi bilan munosabatlar?

Hamma narsa joyida. Jamoada doimo oʻyin amaliyotining yetishmasligidan norozi boʻlgan futbolchilar boʻladi.

Bizning jamoadagi barcha masalalar shaxsiy suhbatlar orqali hal qilinadi," dedi Kurtua Madrid Universal nashriga. Maʼlumki, ispaniyalik murabbiy Habi Alonso "Real"ning ayrim yetakchi futbolchilari, jumladan Vinius Junior bilan yaxshi munosabatda emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Habi Alonso yoz boshida Karlo Anchelottidan boʻshab qolgan "Real" bosh murabbiyligi lavozimini egallagan edi. Anchelotti esa Braziliya terma jamoasini boshqarishga oʻtgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua: "Habi bilan munosabatlar yaxshi"