Manchester Yunayted belgiyalik iqtidorni nishonga oldi

Ayaks yarim himoyachisi Jorti Mokio «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasiga tushdi. 17 yoshli futbolchi Amsterdam klubi bilan kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.
Garchi Niderlandiya grandi istiqbolli belgiyalik bilan shartnomani uzaytirishni xohlayotgan bo‘lsa-da, o‘yinchi klub loyihasidan qoniqmagan. Jurnalist Sasha Tavolierining xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Qolaversa, «Nyukasl» va Frankfurtning «Ayntraxt» klublari ham iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritishni istamoqda. Jorti Mokio Ayaksning asosiy jamoasi safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachi, shuningdek, himoyachi sifatida ham o‘ynay oladigan futbolchining transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Garchi Niderlandiya grandi istiqbolli belgiyalik bilan shartnomani uzaytirishni xohlayotgan bo‘lsa-da, o‘yinchi klub loyihasidan qoniqmagan. Jurnalist Sasha Tavolierining xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Qolaversa, «Nyukasl» va Frankfurtning «Ayntraxt» klublari ham iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritishni istamoqda. Jorti Mokio Ayaksning asosiy jamoasi safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachi, shuningdek, himoyachi sifatida ham o‘ynay oladigan futbolchining transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…