date

Aleksandr Golovin Rossiyaning eng texnik futbolchisini aytdi


Monako klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Rossiya terma jamoasining eng texnik futbolchisi haqida fikr bildirdi. U o'zini baholashdan tiyilib, Aleksey Miranchukni maqtadi.

"Men o'zimni baholamayman. Mening fikrimcha, bu - Lyoha Miranchuk.

Uning texnikasi juda yoqadi. Birinchi to'pi bilan ishlashi ajoyib.

Unga qanday pas berilmasin, to'pni shunday qabul qiladiki, go'yo to'p allaqachon uning oyog'ida bo'lgan", - dedi Golovin Match TVga bergan intervyusida. Joriy mavsumda MLS ligasida Atalanta Yunayted sharafini himoya qilayotgan Aleksey Miranchuk klub darajasida 38 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Transfermarkt portali 30 yoshli futbolchining narxini 9 million yevro deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Golovin Rossiyaning eng texnik futbolchisini aytdi