
2023-2025 yillar davomida "Gavr" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Daler Kuzyaev ushbu jamoada to'liq o'zini ko'rsata olmadi. Bu borada "Monako" klubi futbolchisi Aleksandr Golovin o'z fikrlarini bildirdi.
Golovinning fikricha, Kuzyaevning "Gavr"da o'zini namoyon qilmasligi uning aybi emas, balki jamoaning yopiq o'yin uslubi sabab bo'lgan. "Men buni uning muvaffaqiyatsizligi deb aytmagan bo'lardim – bu jamoaning muvaffaqiyatsizligidir.
Bu yerda Kuzyaevning aybi yo'q, chunki jamoa uning o'yin uslubiga mos kelmaydigan futbol o'ynagan. Ular juda-juda yopiq o'ynashgan", – dedi Golovin "Match TV"ga bergan intervyusida.
Golovin, shuningdek, Daler Kuzyaevning yaratuvchanlik borasida yaxshi ekanligini, ammo "Gavr" jamoasi himoyaviy futbolni afzal ko'rganini ta'kidladi. Daler Kuzyaev "Gavr" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.