
Turkiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi oʻyinida Ispaniyada durang natijaga erishdi. Ammo oʻyin davomida turk futbolchilarining kiyinish xonasida talon-taroj sodir boʻldi.
Ispaniyaning Marca nashri xabariga koʻra, nomaʼlum shaxslar 200 ming yevro qiymatidagi hashamatli qoʻl soati va yana 60 ming yevrolik qimmatbaho uzuklarni oʻmarib ketgan. Natijada zarar 300 ming yevrodan oshgan.
Turkiya futbol federatsiyasi ushbu masala boʻyicha darhol mahalliy hokimiyatlarga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi. Politsiya tezkorlik bilan ishga kirishdi va jinoyatchilardan birini qoʻlga oldi.
Eng muhimi, oʻgʻirlangan buyumlar topilib, egalariga qaytarildi. Ayni damda huquq-tartibot organlari oʻgʻirlikning qanday amalga oshirilganini va stadion xodimlarining bu hodisaga aloqadorligini oʻrganmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.