
Randal Kolo-Muani yaqinda "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" oʻrtasidagi oʻyinda jagʻidan jarohat olib, Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi. Avvaliga uning jarohati sabab sakkiz haftagacha maydonga tusha olmasligi aytilgan edi, biroq operatsiya talab qilinmadi.
"The Telegraph" nashrining xabariga koʻra, 26 yoshli Kolo-Muani hozirda jagʻini himoya qiluvchi maxsus niqobda mashgʻulot oʻtkazmoqda. Fransiyalik futbolchi 23-noyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan "Arsenal"ga qarshi derbida maydonga tushishi mumkin.
Kuz boshida "Tottenhem" Kolo-Muanini "PSJ"dan ijaraga olgan edi. Hujumchi shu vaqtgacha jamoa tarkibida sakkizta oʻyin oʻtkazib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.