date

Italiya terma jamoasi mundialga chiqishi shart


UEFA hududidan Jahon chempionati uchun qo'shimcha yo'llanma beruvchi pley-off o'yinlarining qur'a tashlash marosimi payshanba kuni bo'lib o'tdi. Italiya terma jamoasi yarim finalda Shimoliy Irlandiya bilan to'qnash keladi.

Agar "Skuadra Adzurra" ushbu raqibni o'z maydonida mag'lub etsa, finalda safarda Uels va Bosniya va Gersegovina o'yinining g'olibi bilan uchrashadi. Qur'a natijasi haqida "Euro-Futbol.Ru" nashriga "Fiorentina" klubining sobiq futbolchisi Marko Nappi o'z fikrini bildirdi.

"Shimoliy Irlandiya kuchli raqib, lekin Italiya Jahon chempionatiga chiqishi shart. Hech kim terma jamoaning ketma-ket uchinchi mundialga bora olmasligini tasavvur qila olmaydi.

Jamoaning barcha a'zolari ularga yuklangan mas'uliyatni yaxshi anglashadi," dedi Nappi. Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2018 va 2022 yillardagi Jahon chempionatlariga chiqa olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiya terma jamoasi mundialga chiqishi shart