date

Arsenal yangi Essyenni nishonga oldi


Londondagi "Arsenal" klubi "Nordshelland"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Kaleb Yirenki bilan qiziqmoqda. "Kanonirlar" vakillari allaqachon Daniyaga tashrif buyurib, ganalik futbolchini kuzatib chiqdilar.

Shuningdek, bu iqtidorli yarim himoyachini "Bornmut" klubi ham nazorat qilmoqda. Daily Mail xabariga ko‘ra, Kalebni o‘yin uslubi tufayli ko‘pincha "yangi Maykl Essyen" deb atashadi.

Kaleb Yirenki "Nordshelland"ning asosiy jamoasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan. Shuningdek, u Gana milliy terma jamoasi safida 8 marta o‘yinda ishtirok etgan.

Transfermarkt portali afrikalik bu iqtidor egasining qiymatini 1 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal yangi Essyenni nishonga oldi