
"Bornmut" vingeri Antuan Semenyo yanvar oyida yangi klubga o'tishi mumkin. Futbolchiga bir qancha yirik klublar qiziqish bildirmoqda, ammo 25 yoshli futbolchi ushbu variantlar orasidan "Liverpul"ni afzal ko'rgan.
DaveOCKOP xabariga ko'ra, klub va futbolchi o'rtasida ijobiy muzokaralar o'tkazilgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Antuan Semenyoning transfer qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.
Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida u "Bornmut" safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Semenyo hujumning ikkala qanotida ham o'ynash qobiliyatiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.