
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Barbarez JCH pley-off o‘yinlari qur'asi natijalari haqida fikr bildirdi. Bosniyaliklarning yarim finaldagi raqibi Uels bo‘lib, uchrashuv 2026-yil mart oyida safarda bo‘lib o‘tadi.
"O‘ylaymanki, bu qur'a bilan yashash mumkin. Uels – o‘z maydonida ayniqsa kuchli jamoa, ammo bizda ham o‘z kuchli tomonlarimiz va qilayotgan ishlarimizga ishonch bor.
Ushbu bahs qiyin bo‘ladi, biroq biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, maksimal darajada o‘zimizni ko‘rsata olamiz", – dedi Barbarez bhfudbal.ba nashriga bergan intervyusida. "Mening yagona istagim – agar finalga chiqadigan bo‘lsak, uni o‘z maydonimizda o‘tkazish edi.
Bu hammamiz uchun katta motivatsiya bo‘ladi. Avvalo, Uelsda katta ishni amalga oshirishimiz kerak, agar bunga erishsak, o‘z stadionimizda jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashamiz".
Bosniya – Uels juftligi g‘olibi finalda Italiya – Shimoliy Irlandiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.