date

Dzoʻff: Panikaga tushmang va chempionatni toʻxtatmang


Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni, afsonaviy Dino Dzoʻff, Serie A chempionati mart oyidagi terma jamoa oʻyinlari uchun toʻxtatilishi kerak emasligini aytib oʻtdi. Bu haqda "Skuadra Adzurra" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo soʻz ochgan edi.

"Men koʻp masʼuliyatli oʻyinlarda qatnashganman va aniq bilaman - panikaga tushmaslik kerak. Qoʻrqmaslik, siqilmaslik va xavotirlanmaslik lozim.

Bu faqat zarar keltiradi. Biz kuchlimiz va buni isbotlashimiz kerak", - deya Dzoʻffning soʻzlarini Kiss Kiss Napoli nashri keltirgan.

Eslatib oʻtamiz, Italiya terma jamoasi oʻz tarixida toʻrt marta Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan, soʻnggi marta bu voqea 2006 yilda sodir boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dzoʻff: Panikaga tushmang va chempionatni toʻxtatmang