Maldini - "Milan" ramzi

Maldini - "Milan" ramzi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini fikriga ko‘ra, klubning butun dunyodagi ramzi Paolo Maldinidir. "Agar butun dunyo bo‘ylab qizil-qora rangli bayroq haqida so‘z yuritilsa, uning yuzi, ramzi va yuragi Paolo Maldinidir.

Kimki Paolo haqida salbiy fikr bildirsa, u "Milan" uchun nimani anglatishini va "Milan" uning uchun qanday ahamiyatga ega ekanini tushunmaydi", - deydi Ambrozini pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Maldini "Milan" safida 1985-yildan 2009-yilgacha o‘ynagan.

Shundan so‘ng, u 2023-yil yozida klubning amerikalik egalari tomonidan ishdan bo‘shatilguniga qadar rahbarlik lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar