date

Inter Hakan Chalhanogʻlu bilan muzokaralar oʻtkazadi


Milanning "Inter" klubi oʻz yulduzi, yarim himoyachi Hakan Chalhanogʻlu bilan yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. "Neradzuri" vakillari 31 yoshli futbolchining agenti bilan Rojdestvo bayramidan oldin uchrashuv oʻtkazishni moʻljallagan.

FcInterNews xabariga koʻra, klub turkiyalik yarim himoyachiga 2028 yilgacha shartnomani uzaytirishni taklif qiladi, ammo futbolchining maoshi biroz qisqartirilishi mumkin. Hozirgi kunda Hakan Chalhanogʻluning shartnomasi 2027 yilning oʻrtalarigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda u Kristian Kivu boshqaruvidagi jamoa safida barcha turnirlarda 13 ta uchrashuv oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Chalhanogʻlu 2021 yildan beri "Inter" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Hakan Chalhanogʻlu bilan muzokaralar oʻtkazadi