
Como klubi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas Madridning Real klubi radarida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Oʻtgan yozda Real Pasni 8 million yevroga qaytarib sotib olish opsiyasidan foydalanmagan edi. Ammo "qirollik klubi" 2026-yilda 9 million yevroga yoki 2027-yilda 10 million yevroga futbolchini qaytarib olish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, agar Como klub Pasni boshqa jamoaga sotishga qaror qilsa, Real transfer summasining 50 foizini oladi. 21 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Pasning hozirgi bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.