Tibo Kurtua dunyoning eng yaxshi darvozabonimi?


Real Madrid va Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua o‘zini dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblaydimi, degan savolga javob berdi.
Suhbatda futbolchi shunday dedi: «Shubhasiz, men eng yaxshilardan biriman. Lekin har kimning o‘z didi bor. Har kimning o‘z fikri bor. Men klubga yordam berishim kerak».
Kurtua so‘ralganda eng yaxshi uchta darvozabonni sanab o‘tdi: «O‘zimni istisno qilaman. Yan Oblak bu mavsumda juda yuqori saviyada o‘ynamoqda. Alisson menga juda yoqadi, garchi u jarohatlangan bo‘lsa ham. David Raya ham menga juda yoqadi».
Shu tarzda Tibo Kurtua o‘zini eng yaxshilar qatorida ko‘rsatishi bilan birga, dunyodagi boshqa yetakchi darvozabonlarni ham e’tirof etishini bildirdi.





























Izohlar 0
…