Fiorentina murabbiyi: Biz pastdamiz

Fiorentina murabbiyi: Biz pastdamiz
Fiorentina bosh murabbiyi Paolo Vanoli oʻtgan turda Yuventusga qarshi kechgan oʻyindan soʻng natijani izohladi. Italiya A Seriyasining 12-turidan oʻrin olgan ushbu uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Vanolining soʻzlariga koʻra, Yuventusga qarshi oʻyindagi durangdan keyin jamoa kamtarlikni saqlashi kerak, chunki hozirgi asosiy maqsad chempionatda qolish hisoblanadi. "Biz pastdamiz va qayerda ekanligimizni tushunishimiz kerak.

Jamoa oʻz ishiga sodiqligini koʻrsatdi, Kean esa yana bir bor Fiorentina libosini qanchalik qadrlashini isbotladi", — dedi Vanoli Football Italia nashriga bergan intervyusida. Ayni damda "fiolkalar" A Seriyaning turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni egallab turishibdi va ularning hisobida atigi olti ochko mavjud.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar