date

Arne Slot Mourinyu natijasini takrorladi


“Liverpul” Angliya Premyer-ligasida yana bir magʻlubiyatga uchradi. Shanba kuni “qizillar” oʻz maydonida “Nottingem Forest”ga yirik hisobda yutqazishdi – 0:3.

The Touchline nashrining yozishicha, Arne Slot 2015 yildan buyon amaldagi chempion jamoani boshqarib, 12 oʻyindan 6 tasida magʻlub boʻlgan ilk murabbiy boʻldi. Oʻsha yili Joze Mourinyu ham xuddi shunday natija qayd etib, “Chelsi” bosh murabbiyligi lavozimidan dekabr oyi oʻrtalarida ozod qilingan edi.

Liverpul rahbariyati hozircha Slotni isteʼfoga chiqarishni rejalashtirayotgani yoʻq, biroq niderlandiyalik mutaxassis bilan ayriliq masalasi tobora koʻproq muhokama qilinmoqda. 12 turdan soʻng mersisaydliklar hisobida atigi 18 ochko bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Mourinyu natijasini takrorladi