
Italiya chempionati 12-turida Milanning "Inter" jamoasi "Milan"ga qarshi o'z maydonida bahs olib boradi. Quyida jamoalarning taxminiy boshlang'ich tarkiblari keltirilgan.
"Inter": Zommer (darvozabon), Dimarko, Bastoni, Bissek, Akanji, Augusto, Zelinski, Chalxanogʻlu, Barella, Markus Tyuram, Lautaro Martines. "Milan": Menyan (darvozabon), Bartezagi, Pavlovich, Gabbia, Tomori, Salemakers, Rabyo, Modrich, Fofana, Leao, Pulishich.
"Inter" safida Raffaele di Jennaro (darvozabon), Matteo Darmian, Denzel Dyumfris va Genrix Mxitaryan jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. Tomas Palasiosning ishtiroki esa shubha ostida.
"Milan"da esa Zakari Atekame va Santyago Ximenes jarohatlangan. Tanaffusdan avval "Inter" "Latsio"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Milan" "Parma" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.
Turnir jadvalida "neradzurri" "rossoneri"dan ikki ochko oldinda. "Derbi della Madonnina" bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
Oʻyin "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi. "Inter" – "Milan" uchrashuvining matnli onlayn translyatsiyasini o'tkazib yubormang.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.