date

Palladino: "Pashalich uchun sharoit yaratmadik"


Atalanta bosh murabbiyi Raffaele Palladino Italiya A Seriyasining 12-turida Napoli bilan bo'lib o'tgan uchrashuvning birinchi bo'limi yuzasidan fikr bildirdi. Birinchi bo'lim yakunida hisob tablosida 3:0 Napoli foydasiga natija qayd etildi.

"Biz Napolining kuchli boshlashini kutgandik va ular haqiqatan ham shaxsiy o'yinda juda yaxshi harakat qilishdi. Biz Pashalichni toʻpni egallash uchun mos pozitsiyaga qoʻydik, ammo unga paslarda yordam berish uchun kerakli sharoitlarni yaratmadik.

Natijada, birinchi bo'limda muvaffaqiyatsiz o'ynadik", dedi mutaxassis Sky Sportga. Ikkinchi bo'limda Atalanta bitta tasalli goli urishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi. Ushbu natijadan so'ng Bergamo jamoasi 13 ochko bilan 13-oʻrinda qoldi.

Napoli esa 25 ochko to'plab, vaqtincha birinchi pog'onaga koʻtarildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Palladino: "Pashalich uchun sharoit yaratmadik"