
Angliya chempionatining 12-turida Londonning ikki jamoasi – "Arsenal" va "Tottenxem" oʻzaro toʻqnash keladi. "Yevro-Futbol.Ru" nashri jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblarini eʼlon qildi.
"Arsenal": Rayya (darvozabon), Kalafyori, Moskera, Saliba, Yurriyen Timber, Rays, Subimendi, Trossar, Eze, Saka, Merino. "Tottenxem": Vikario (darvozabon), Spens, van de Ven, Romero, Porro, Bentankur, Palinya, Xavi Simons, Matar Sarr, Kudus, Risharlison.
Turnir jadvalida peshqadam boʻlib turgan "Arsenal" oʻtgan turda "Sanderlend" bilan durang oʻynadi (1:1), "Tottenxem" esa "Manchester Yunayted" bilan bellashuvni 2:2 hisobida yakunladi. Hozirgi kunda "Arsenal"ning ochkolari "MYu"dan sakkiz ochkoga koʻp.
"Arsenal" safida Gabriyel dos Santos, Gabriyel Martinelli, Gabriyel Jezus, Noni Madueke, Martin Edegor, Kay Haverts va Viktor Dyokeres jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi. "Tottenxem" tarkibida esa Iv Bissuma, Deyan Kulusevski, Jeyms Meddison, Dominik Solanke jarohatlangan.
Shuningdek, Archi Grey, Ben Devis, Radu Draguʻshin va Kota Takayning oʻyindagi ishtiroki soʻroq ostida. Shimoliy London derbisi bugun, 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Uchrashuv Moskva vaqti bilan 19:30 da start oladi. Oʻyin "Emireyts" stadionida oʻtkaziladi.
"Arsenal" – "Tottenxem" oʻyinining matnli onlayn translyatsiyasini oʻtkazib yubormang. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.