date

Bolonya 12 turdan so‘ng rekord o‘rnatdi


Italiya A Seriyasining 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Bolonya" safarda Udine shahrida "Udineze" mehmoni bo‘ldi va raqib darvozasiga uchta gol urib, ularni ikkinchi bo‘limda amalga oshirdi.

Shu tariqa, Vinchenzo Italiano boshchiligidagi jamoa 12 tur davomida umumiy gollari sonini 21 taga yetkazdi. Bu o‘rtacha 1,75 golni tashkil etadi va bu "Bolonya"ning klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Avvalgi rekord esa 1996/1997 va 1997/1998 yilgi mavsumlarda 20 gol (o‘rtacha 1,6 gol) bilan qayd etilgan edi. Kelgusi turda "Bolonya" o‘z maydonida "Kremoneze" bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bolonya 12 turdan so‘ng rekord o‘rnatdi