
“Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning “Arsenal”ga qarshi o‘yindagi (1:4) kamchiliklari haqida fikr bildirdi. “Shporlar” mazkur uchrashuv davomida raqib darvozasiga atigi uch marta zarba bera oldi.
Bunga qaramasdan, “kanonirlar” 17 marta darvoza tomon zarba yo‘lladi. “Bu mavzu doim dolzarb.
Biz ushbu muammoni bartaraf etish ustida ishlayapmiz. Bugungi o‘yin, xuddi “Chelsi”ga qarshi bellashuvdagidek, juda omadsiz o‘tdi.
Ishlashda davom etishimiz shart. Men bu lavozimda to‘rt oydan beri ishlayman, bugun esa “Arsenal” rivojlanishda bizdan ancha oldinda ekanini ko‘rdik.
Shunga qaramay, raqobatbardosh ekanimizni isbotlaganmiz. Buni “Manchester Siti” va PSJga qarshi o‘yinlarda ham namoyish qildik”, – dedi Frank Sky Sports’ga bergan intervyusida.
“Tottenxem” APL turnir jadvalida 12-turdan so‘ng 18 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.