
La Liga prezidenti Xavyer Tebas o‘zining "antimadridist" emasligini yana bir bor ta’kidladi. Yaqinda Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Tebasga nisbatan tanqid bilan chiqdi.
"Odamlar meni antimadridistlikda ayblashmoqda. Bu haqiqatga zid va bunday gaplarni eshitish yoqimsiz.
Men boshqa klub muxlislari kabi madridistman. Realni 6 yoshimdan qo‘llab-quvvatlayman.
Ular menga "Santyago Bernabeu" stadioniga kirishni taqiqlashlari mumkin, ammo bu bolaligimdan klubga bo‘lgan his-tuyg‘ularimga ta’sir qilmaydi", – dedi Tebas ispaniya OAVlariga bergan intervyusida. Ayni paytda La Liganing 13-turida "Real" va "Elche" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv tafsilotlarini LiveResult.ru saytida kuzatishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.