date

Arsenal 2018-yildan beri ilk bor Tottenxemga 4 gol urdi


Yakshanba oqshomida "Arsenal" "Tottenxem"ni 4:1 hisobida magʻlub etdi va APLda ikkinchi oʻrindagi "Chelsi"dan olti ochkoga oldinga chiqib oldi. Derbida Eberechi Eze xet-trik qayd etdi, yana bir gol esa Leandro Trossar hisobiga yozildi.

"Shporlar" safida esa Richarlison gol urishga muvaffaq boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, "Arsenal" uzoq vaqt davomida, aniqroq aytganda, yetti yil mobaynida "Tottenxem" darvozasiga toʻrtta gol kira olmagan.

Bungacha bu natija 2018-yilning 2-dekabrida qayd etilgan edi. Oʻshanda "Arsenal" oʻz maydonida "shporlar"ni 4:2 hisobida magʻlub etgan edi.

"Kanonirlar" safida Pyer-Emerik Obameyang, Aleksandr Lyakazett va Lukas Torreyralar gol urgan boʻlsa, "Tottenxem"da Erik Dayyer va Garri Keyn hisobni ochgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal 2018-yildan beri ilk bor Tottenxemga 4 gol urdi