date

Gari Nevill akademiyasiga tanqidlar kuchaymoqda


2019 yilda "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill bir qancha sobiq jamoadoshlari bilan birgalikda UA92 nomli akademiyani tashkil qilgan edi. Ushbu akademiya orqali hatto ijtimoiy jihatdan kam ta'minlangan bolalarga futbol orqali kelajak qurish imkoniyati yaratish maqsad qilingan edi.

Ammo soʻnggi paytlarda bu loyiha atrofida katta bahs-munozaralar kelib chiqmoqda. Angliyada akademiyadagi irqiy tengsizlik masalasi keng muhokama qilinmoqda.

Ayniqsa, qora tanli talabalar oʻzlarining futbolda muvaffaqiyatga erishish yoʻlida toʻsiqlarga duch kelayotganliklarini aytib shikoyat qilishmoqda. The Sun nashrining xabariga koʻra, Gari Nevill yuzaga kelgan vaziyatdan qattiq xafa boʻlgan va muammolarni bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrishga va'da bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gari Nevill akademiyasiga tanqidlar kuchaymoqda