
Dushanba kuni AS nashri sahifalarida "Real" klubidagi vaziyat haqida maqola chop etildi. Bungacha Madrid jamoasi safarda "Elche" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.
"El-klasiko"dagi g'alabadan so'ng "Real"ning formasi pasayib ketdi, deb yozadi jurnalist Xose Feliks Dias. Unga ko'ra, avvalroq "Real" raqiblariga nisbatan ko'proq harakat qilgani va faol pressing qilgani e'tirof etilgan bo'lsa, hozir bularning barchasi yo'qolgan.
Klub ichida futbolchilar va murabbiylar shtabi o'rtasidagi aloqa yo'qolgan yoki jiddiy darajada uzilganini tan olishdan qochishmoqda. Bu vaziyat rahbariyatni tashvishga solmoqda.
"Real" rahbarlarini hayratga solayotgani, hatto jamoaning yetakchilari ham birinchi qiyinchiliklarda maydonda qo'llarini tushirib qo'yishmoqda. "Real" hozirda La Liganing yetakchisi, ammo "Barselona" undan atigi bir ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.