date

Alenichev Rossiya grand jamoalarga qarshi o'ynashini istaydi

Alenichev Rossiya grand jamoalarga qarshi o'ynashini istaydi
Sobiq taniqli futbolchi Dmitriy Alenichev Rossiya terma jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Jamoa ketma-ket 23 o'yinda mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi, ammo so'nggi uchrashuvda Chili terma jamoasiga yutqazdi.

"Yaxshi statistik ko'rsatkich. Albatta, Ispaniya, Germaniya, Fransiya kabi grand jamoalarga qarshi o'ynab o'zimizni sinab ko'rishni istaymiz.

Jamoamizning to'rt yildan beri mag'lubiyatga uchramagani esa ijobiy fakt", - deydi Alenichev "Match TV" saytiga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, noyabr oyidagi BetBoom do'stlik o'yinlarida Rossiya Peruga qarshi 1:1 hisobida durang qayd etdi va Chiliga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa navbatdagi yig'ilishini mart oyida o'tkazishi kutilmoqda. UEFA va FIFA tomonidan Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan qo'llanilgan sanksiyalar davom etayotganligi sababli hozirda Rossiya terma jamoasi faqat do'stlik o'yinlarida ishtirok etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alenichev Rossiya grand jamoalarga qarshi o'ynashini istaydi