date

Mareska: "Barselona" ajoyib jamoa

Mareska: "Barselona" ajoyib jamoa
Chelsi bosh murabbiyi Entso Mareska bo'lajak Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvida "Barselona" jamoasining kuchini baholadi. "Fikrimcha, "Barselona" ajoyib jamoa.

Ular bilan doimiy ravishda nimadir o'rganish mumkin. Ularning hujum va himoyadagi harakatlarini kuzatish, o'tgan mavsumda La Ligani qanday qo'lga kiritgani va Chempionlar Ligasi yarim finaligacha yetib borganlarini tahlil qilish qiziqarli.

Ular juda ko'p narsani juda yaxshi bajarishadi. Doim tashabbusni qo'lga olishga intilishadi va biz ham shunga harakat qilamiz.

Shaxsan men jamoamiz "Bavariya"ga qarshi safardagi (1:3 hisobidagi mag'lubiyat) o'yinga qaraganda kuchaygan deb hisoblayman. Ammo har bir o'yin o'ziga xosdir.

"Barselona" turli usullar bilan hujum va himoya qiladi, shuning uchun ertangi o'yin butunlay boshqacha bo'ladi. Lekin bizning jamoamiz kundan-kun yaxshilanmoqda," - dedi Mareska jurnalistlarga.

"Chelsi" va "Barselona" 25-noyabr, seshanba kuni o'zaro to'qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mareska: "Barselona" ajoyib jamoa