date

Ronalduning haqiqiy biologik yoshi barchaga sir emas

Ronalduning haqiqiy biologik yoshi barchaga sir emas

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning biologik yoshi 40 emas, balki 28 yoshga teng ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchilar salomatligini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi Whoop kompaniyasi o‘zining X (Twitter)dagi sahifasida e’lon qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya o‘lchovlari Ronalduning jismoniy holati, tiklanish darajasi va yurak-qon tomir faoliyati 28 yosh atrofidagi sportchilarnikiga mos keladi. «Ronaldu ham ushbu ma’lumotni o‘z sahifasida ijobiy munosabat bilan qayta sharhlab: “Ma’lumotlar yolg‘on emas”, — deya ta’kidladi.»

Krishtianu joriy mavsumda 17ta o‘yinda 16ta gol va 2ta golli uzatma — bu uning 40 yoshida ham yaxshi sport formasida ekanini ko‘rsatadi.

Portugaliyalik yulduz 2023 yildan beri “An-Nasr” safida harakat qilib kelmoqda va har mavsumda u klubning eng samarali futbolchilaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning haqiqiy biologik yoshi barchaga sir emas