
"Real" klubining asosiy yulduzlaridan biri, braziliyalik vinger Vinisius Junior klub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. The Athletic nashrining xabar berishicha, mavsum boshlanishidan oldin boshlangan muzokaralar ayni damda to‘xtab qolgan vaziyatda turibdi.
Ronaldu darajasidagi talab
Hozirda soliqlardan keyin yiliga taxminan 18 million yevro maosh olayotgan futbolchiga "Real" 2025 yil uchun 20 million atrofida mablag‘ taklif qilgan, ammo bu taklif Vinisius tomonidan rad etilgan. Keyinchalik agentlar klub tarixidagi eng yirik shartnomalardan biri bo‘lgan – yiliga 30 million yevro atrofidagi (bonus to‘lovlari bilan birgalikda, Krishtianu Ronaldu davriga yaqin) maoshni so‘rashgan.
Asosiy to‘siq — murabbiy
The Athletic manbalariga ko‘ra, Vinisiusning bu harakati faqatgina moliyaviy talablar bilan bog‘liq oddiy taktik qaror emas. Aksincha, bu bosh murabbiy Xabi Alonso bilan mavjud kelishmovchiliklar fonida uzoq muddatli shartnoma tuzishni istamaslik bilan bog‘liq.
Garchi klub braziliyalik futbolchining bu kabi xatti-harakatlaridan ajablanmayotgan bo‘lsa-da, vaziyat ularni jiddiy tashvishga solmoqda
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.