
Madridning "Real" klubi so'nggi uch uchrashuvda g'alaba qozona olmagan bo'lsa-da, klub rahbariyati bosh murabbiy Xabi Alonsoga bo'lgan ishonchini saqlab qolmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
"Real" rahbariyati "murabbiy – asosiy qaror qabul qiluvchi" tamoyiliga amal qiladi va Alonso tomonidan qabul qilingan barcha qarorlarni, jumladan, Vinisiusni almashtirish yoki taktik sxemalar bo'yicha o'zgarishlar kabi qarorlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Klub ichida muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng yuzaga keladigan bosim normal holat sifatida qabul qilinadi.
"Real" rahbariyati Alonso murabbiylik salohiyatiga shubha qilmaydi. "Real"ning navbatdagi uchrashuvi 26-noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Olimpiakos"ga qarshi bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.