
Fransiya terma jamoasi va "Lion" klubi sobiq futbolchisi Sidni Govu 2013-yilda boshdan kechirgan og‘ir vaziyat haqida gapirdi. O‘sha yili u unchalik xavfli bo‘lmagan jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi kerak edi.
Ammo operatsiya davomida infeksiya yuqtirib oldi va natijada oyog‘idan ayrilish xavfi yuzaga keldi. "Og‘riq shu darajada kuchli ediki, shifokor oyog‘imni amputatsiya qilish eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkinligini aytdi.
O‘sha paytda og‘riq meni yengib qo‘ygan edi, doim morfin taʼsirida edim. Lekin men buni qabul qilmadim", - deya Sidni Govuning so‘zlarini keltiradi Derbyderbyderby.it nashri.
Sidni Govu 2016-yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U Fransiya terma jamoasi safida jami 49 o‘yinda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.