
«Inter» jamoasining bosh murabbiyi Kristian Kivu Madridning «Atletiko» klubiga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi. U jamoani derbidagi mag'lubiyatga to'g'ri javob berishga chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, A Seriyaning 12-turida «Inter» «Milan»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. «Bu Chempionlar ligasi uchrashuvi, va biz o'zimizni ijobiy tomonga yo'naltirishni davom ettirishimiz kerak.
Jamoani ruhiy jihatdan ko'tarib, raqibga o'z futbolimizni ko'rsatishimiz lozim. Himoyada to'g'ri harakat qilib, to'pni yakshanba kuniga qaraganda ancha tez harakatlantirishga e'tibor qaratishimiz zarur», — dedi ruminiyalik mutaxassis UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Kivu jamoaning hujum chog'idagi yakuniy zarbalarda xotirjamroq bo'lishi kerakligini ta'kidladi. Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida «Atletiko» va «Inter» o'rtasidagi uchrashuv 27-noyabr kuni Madrid shahrida bo'lib o'tadi.
O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.