Keldan Shlotterbek haqida mish-mishlarga javob

Keldan Shlotterbek haqida mish-mishlarga javob

Keldan Shlotterbek haqida mish-mishlarga javob
Dortmundning "Borussiya" sport direktori Sebastyan Kel jamoa himoyachisi Niko Shlotterbek va klub o'rtasida yangi shartnoma bo'yicha kelishmovchiliklar borligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi. "Bu haqda o'qiganimda hayratda qoldim va ko'p kuldim.

Shlotterbek bilan birga bu mish-mishlarga kulib qo'ydik. Biz Shlotterbek uchun jozibali sharoitlar yaratishga harakat qilmoqdamiz.

Oxir-oqibat, u muvaffaqiyatga erishishni va sovrinlar uchun kurashishni xohlaydi, bu bizning ham maqsadimiz. Shuningdek, biz uning moliyaviy kutganlarini ham qondirishni xohlaymiz.

Umid qilamizki, u ijobiy qaror qabul qiladi", - dedi Kel Neue Westfälische nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Shlotterbekning "arilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchiga "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar