date

Kafu Italiya chempionligini kimga tilaydi?


Braziliyalik sobiq himoyachi Kafu, faoliyati davomida “Roma” va “Milan” klublarida o‘ynagan futbolchi, italiyalik jurnalistlarning Italiya chempioni kim bo‘lishini xohlaysiz, degan savoliga javob berdi. Ayni paytda, uning sobiq jamoalari - “Roma” va “Milan” birinchi o‘rin uchun kurash olib bormoqda.

“Bu haqida hozir aniq bir narsa deyish qiyin. Bu juda qattiq kurash bo‘ladi.

Mening fikrimcha, Skudetto uchun da’vogarlar ikki jamoa bilan cheklanib qolmaydi. Ammo “Roma” chempion bo‘lsa, juda xursand bo‘laman.

Klub madhiyasini eshitganimda hali ham terimga junlar yuguradi”, - dedi Kafu pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, “Roma” oxirgi marta Italiya chempioni unvonini 2001-yilda qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kafu Italiya chempionligini kimga tilaydi?