date

"Real"da ichki kelishmovchilik: Alonso haqida fikrlar qarama-qarshi

"Real"da ichki kelishmovchilik: Alonso haqida fikrlar qarama-qarshi

Madridning "Real" jamoasida ichki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. El Partidazo de COPE dasturida jamoaning oltita futbolchisi bosh murabbiy Xabi Alonsadan norozi ekani ma’lum qilindi.

Ushbu ro‘yxatga Federiko Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo, Brahim Dias, Endrik va Ferlan Mendi kiritilgan. Shuningdek, Eduardo Kamavinga ham ushbu norozilar qatorida bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda, biroq bu ma’lumot hali aniq emas.

Shu bilan birga, "Real"ning besh nafar yulduz futbolchisi murabbiyni qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Din Heysen, Alvaro Karreras, Tibo Kurtua, Arda Gyuler va Kilian Mbappe Alonsoni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Chorshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida "Olimpiakos"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real"da ichki kelishmovchilik: Alonso haqida fikrlar qarama-qarshi