
«Tottenhem» bosh murabbiyi Tomas Frank CHempionlar ligasida jamoasining «PSJ»ga 3:5 hisobida yutqazgan oʻyinidan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Frank poytaxt klubi yarim himoyachisi Vitinyaning oʻyinini alohida eʼtirof etdi.
Braziliyalik futbolchi ushbu uchrashuvda xet-trik muallifi boʻldi. "Vitinya – dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi.
U keyingi «Oltin toʻp» sohibi boʻladi", – dedi murabbiy TNT Sports bilan suhbatda. «Tottenhem» CHempionlar ligasi guruh bosqichi dastlabki besh turida 8 ochko toʻpladi.
Keyingi turda Tomas Frank jamoasi oʻz maydonida «Slaviya»ga qarshi oʻynaydi. Eslatib oʻtamiz, 2025 yilda «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele «Oltin toʻp» sohibi boʻlgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.