date

Peres "Barsa"ni fosh qildi: 17 yilda 8 mln yevro pora bergan

Peres "Barsa"ni fosh qildi: 17 yilda 8 mln yevro pora bergan
Madridning "Santyago Bernabeu" stadioni ko'p narsaga guvoh bo'lgan, lekin klub prezidenti o'z yig'ilishida raqiblarni poraxo'rlikda ayblab, statistikani ommaga namoyish qilgani - bu Ispaniya futboli uchun yangi bosqich. Florentino Peres "Barselona", UYeFA, Ispaniya hakamlari va La Liga prezidenti Xaver Tebasga qarshi keskin tanqidlarni ilgari surdi.

Peresning aytishicha, "Barselona" hakamlar qo'mitasi vitse-prezidenti Enrikez Negreyra hisobiga 17 yil davomida 8 million yevrodan oshiq mablag' o'tkazgan. Shu davr ichida "Barselona"ning Ispaniyadagi eng yaxshi natijalari kuzatilgan.

Peres, shuningdek, La Ligadagi statistikani taqdim etdi: "Barselona" raqiblariga qarshi 61 marta qizil kartochka ko'rsatilgan, "Real"da esa bu ko'rsatkich salbiy. U bu holatni tasodif deb hisoblamaydi.

Peres faqat "Barselona"ni tanqid qilish bilan cheklanib qolmadi. U Xaver Tebasni La Liganing AQShda o'yin o'tkazish tashabbusi, liga va federatsiyaning bir nechta lavozimlarini egallash va CVC investitsiya fondi bilan bitim tuzishni "absurd" deb atadi.

UYeFAni esa klublar taqdirini boshqarish va turnir formatlarini majburlashda aybladi. Yig'ilishning kulminatsiyasi esa Negreyra bilan bog'liq bo'lgan hakamlarning hanuz faoliyat yuritayotganligini tanqid qilish bo'ldi.

Peresning chiqishi sobiq prezident Ramon Kalderon tomonidan tanqid qilindi. Kalderon "Bernabeu" rekonstruksiyasi byudjeti 575 milliondan 1,347 milliard yevroga oshganini eslatdi va klubning moliyaviy strategiyasini savol ostiga oldi.

Peresning so'zlariga ko'ra, "Real" Yevropadagi yagona klub bo'lib, bunday muammolarni yengib o'tishga qodir. Ammo uning chiqishi ko'proq "Real"ni tizim qarshisida yolg'iz kurashuvchi sifatida ko'rsatishga urinishga o'xshaydi.

Bu tizim esa Madrid klubiga ko'plab sovrinlarni yutishga imkon bergan. Peresning yig'ilishda ko'targan masalalari ko'pchilik uchun muhokama mavzusiga aylandi.

Lekin uning asosiy maqsadi yangi investorlar yoki Superliga 2.0 kabi tashabbuslar uchun zamin yaratish bo'lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Peres "Barsa"ni fosh qildi: 17 yilda 8 mln yevro pora bergan