date

Madueke "Chelsi"ga qarshi: 55 millionlik futbolchi qaytishga tayyor

Madueke "Chelsi"ga qarshi: 55 millionlik futbolchi qaytishga tayyor
“Arsenal” jamoasining vingeri Noni Madueke yaqinlashib kelayotgan sobiq jamoasi “Chelsi”ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi. Londonning ikki grand jamoasi o‘rtasidagi bahs yakshanba kuni "ko‘klar" maydonida bo‘lib o‘tadi.

“Chelsi”ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Futboldan sakkiz hafta uzoqda bo‘lganimdan so‘ng, hozir har bir o‘yinga chiqishni intiqlik bilan kutyapman.

Bu birinchi o‘rin va ikkinchi o‘rindagi jamoalarning to‘qnashuvi bo‘ladi. “Chelsi” yuqori darajada, biz ham shundaymiz.

Ajoyib o‘yin bo‘ladi”, – dedi Madueke TNT Sportsga bergan intervyusida “Bavariya” ustidan Chempionlar Ligasi doirasidagi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng. 23 yoshli ingliz futbolchisi “kanonirlar”ning myunxenliklar ustidan erishgan g‘alabasida hal qiluvchi gol muallifi bo‘ldi.

U joriy mavsumning iyul oyida “Arsenal” safiga qo‘shilib, “Chelsi”dan 55 million yevro evaziga transfer qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Madueke "Chelsi"ga qarshi: 55 millionlik futbolchi qaytishga tayyor