
Barselonaning vingeri Markus Reshford faoliyatini Fransiyaning PSJ klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Barselonada Markus Reshfordni Manchester Yunayteddan 35 million yevroga sotib olish boʻyicha shartnoma opsiyasi mavjud. Ammo PSJ futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Parijliklar Angliya terma jamoasi yulduzining Barselonaga oʻtishiga toʻsqinlik qilmoqchi va uni oʻz safiga qoʻshib olishga intilmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi barcha musobaqalar doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 9 ta samarali uzatma amalga oshirgan.
Markus Reshfordning Manchester Yunayted bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yil yozigacha moʻljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.