Gravenberx: "Liverpul"ning asosiy muammosi nima?

Gravenberx: "Liverpul"ning asosiy muammosi nima?

Gravenberx: "Liverpul"ning asosiy muammosi nima?
Liverpul yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida PSVga qarshi oʻyinda 1:4 hisobidagi yirik magʻlubiyatdan soʻng jamoaning asosiy muammosini ochiqladi. "Qizillar" oʻz maydonida, "Enfild" stadionida magʻlub boʻlishdi.

"Hozir bizning asosiy muammomiz - raqiblarga koʻplab gollar urdiryapmiz. Hozircha rejamiz boʻyicha ishlar ketmayapti.

PSVga yutqazganimizdan keyin juda gʻazablandik. Ikkinchi boʻlimda hammasi bizning foydamizga boʻlmadi.

Hozirgi paytda jamoamizning sport formasi yaxshi emas", - dedi gollandiyalik futbolchi "qizillar" matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Keyingi uchrashuvda "Liverpul" 30-noyabr kuni safarda Londonning "Vest Xem" klubiga qarshi oʻynaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar