
Fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabio "Milan"da o'zini qulay his qilmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, u hozir yanada voyaga yetgan, mulohazali va mas'uliyatli bo'lgan.
Bu sifatli o'zgarishlar "Milan" jamoasiga Massimiliano Allegri bosh murabbiy sifatida kelgan paytga to'g'ri keldi. Aynan Allegri Rabioni "Milan"ga taklif qilgan.
"O'zimni jamoaning yetakchisi sifatida his qilaman, voyaga yetganman, ammo o'sishda va rivojlanishda davom etmoqdaman. Hozir detallarga ko'proq e'tibor qarataman, raqiblarni o'rganishga ko'proq vaqt ajrataman va hokazo.
Ilgari bunday qilmasdim", - deydi Rabio pianetamilan.it nashriga. Eslatib o'tamiz, Adrien Rabio Fransiyaning "Marsel" klubidan "Milan"ga o'tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.