
Opta tahlilchilari 2025/2026-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdilar. Superkompyuterning hisob-kitobiga koʻra, eng katta ehtimol bilan "Arsenal" jamoasi Yevropa chempionlari kubogini qoʻlga kiritadi.
Ayni damda bunday natija ehtimoli 24,36 foizni tashkil etmoqda. Ikkinchi oʻrinda "Bavariya" joylashgan boʻlib, uning imkoniyati 15,78 foizga teng.
Kuchli uchlikni esa "PSJ" 12,67 foiz koʻrsatkich bilan yakunlab turibdi. Qolgan jamoalarning imkoniyatlari ancha past.
Roʻyxatning keyingi oʻrinlarida "Manchester Siti" (7,66%), "Real" (7,09%), "Chelsi" (5,84%), "Barselona" (5,34%), "Inter" (4,02%) va "Liverpul" (3,25%) joylashgan. Eslatib oʻtamiz, hozirgi Chempionlar Ligasi kubogi sohibi sifatida "PSJ" maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.