
Atletik Bilbaoning vingeri Niko Uilyams yozgi transfer oynasida Barselona kabi katta klubning qiziqishiga qaramay, o'z jamoasi bilan shartnomasini uzaytirish qarorini qabul qildi. Futbolchining aytishicha, bu qaror shaxsiy his-tuyg'ulari va Bilbao shahri bilan bo'lgan kuchli aloqalari asosida qabul qilingan.
Uilyams o'zini futbolchi va inson sifatida shakllantirgan shaharda qolishni afzal ko'rganini ta'kidladi. "Atletik"da mehnatni qadrlash, kamtarlik va oilaviy qadriyatlar kabi tamoyillarni o'rganganini aytib, barcha muhim qarorlarni yaqinlari bilan maslahatlashib qabul qilishini qo'shimcha qildi.
"Klub va Bilbao mening hayotimdagi barcha narsani anglatadi. Men har doim o'z his-tuyg'ularimga ishonaman va yuragimni tinglayman.
Oila men uchun juda muhim, yaqinlarim bilan maslahatlashish orqali qarorlar qabul qilaman," - dedi futbolchi GQ Espana nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida Niko Uilyams 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.