
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning natijalari tufayli futbolchilarga nisbatan gʻazab his qiladimi, degan savolga javob berdi. Maʼlumki, mersisaydliklar soʻnggi 12 ta oʻyinning 9 tasida magʻlub boʻlishdi.
“Futbolchilarga gʻazabmi? Aslo yoʻq.
Ha, bizning oʻyin darajamiz odatdagidan pastroq boʻldi, buni tan olaman. Biz yaxshiroq oʻynashimiz mumkinligiga ishonamiz.
Oʻtgan mavsumda yaxshi oʻynaganimizda eʼtibor koʻproq ayrim futbolchilarga qaratilgan. Men esa har doim jamoaga qarash kerakligini aytganman.
Hozir ham jamoani tahlil qilish kerak, alohida futbolchilarni emas”, - dedi Slot matbuot anjumanida. “Liverpul”ning navbatdagi oʻyini 30-noyabr kuni Angliya Premer-ligasida “Vest Xem”ga qarshi safarda boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.