date

Arteta: "Bu gʻalaba bizga ishonch bagʻishlaydi"


"Arsenal" Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ni 3:1 hisobida magʻlub etdi. London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Eng ko‘p nimadan mamnunman? Balki, jamoaning umumiy oʻyini va maydondagi ustunligimizdan.

Bu uchrashuv butunlay yangi darajani talab qildi va futbolchilarimiz ajoyib oʻyin namoyish qilishdi. Bu natija ularga katta ishonch bagʻishlaydi.

Oʻzgarishlar kiritdik va oʻyinchilarimiz hayratlanarli darajada yaxshi oʻynashdi. Madueke, Martinelli va Edegorning qaytishi juda muhim boʻldi.

Ularning taʼsiri juda zoʻr. Chempionlar ligasining bu mavsumi "Arsenal" uchun omadli boʻlishi mumkinmi?

Bilmayman, hozircha bugungi lahzadan zavqlanyapmiz. Ertaga esa hafta oxiriga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Oldinda uzoq yoʻlimiz bor," - deya taʼkidladi Arteta TNT Sports bilan suhbatda. 30-noyabr, yakshanba kuni, "Arsenal" safarda "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: "Bu gʻalaba bizga ishonch bagʻishlaydi"