
Fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabio "Milan" jamoasidagi yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida iliq fikr bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Allegri oʻz tabiati bilan haqiqiy gʻolibdir.
"U - gʻolib. Menga uning shaxsiyati, ishga yondashuvi, mashgʻulotlar jarayonini tashkil etishi va futbolga boʻlgan muhabbati juda yoqadi.
U har doim oʻzini toʻliq ishga bagʻishlaydi va bu menga juda maʼqul. Maydondan tashqarida u juda yoqimli inson, hazillashadi va bizni doimo xotirjamlikka undaydi", - dedi Rabio pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Avvalroq Rabio Allegri qoʻl ostida A Seriyada "Yuventus" tarkibida toʻp surgan edi. "Milan"ga esa u Fransiyaning "Marsel" jamoasidan oʻtib kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.