date

Eron AQShdagi JCH-2026 qurʼasini boykot qiladi


Kelasi hafta Jahon chempionati – 2026 turnirining qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi. Biroq Eron delegatsiyasi ushbu tadbirda qatnashmaydi.

Sababi – AQSh bir necha eronlik delegatsiya aʼzosiga viza berishni rad etdi. "Biz FIFAga qarorlar sportga aloqador emasligini maʼlum qildik va Eron delegatsiyasi aʼzolari qurʼa tashlashda ishtirok etmasligini bildirdik", – deyiladi Eron Futbol federatsiyasining bayonotida.

Eron terma jamoasi Jahon chempionatida yettinchi bor ishtirok etadi. Lekin jamoa hali biror marta guruh bosqichidan chiqishga muvaffaq boʻlmagan.

Avvalroq FIFA Jahon chempionatining final bosqichiga qurʼa savatlarini tasdiqlagan edi. Turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Qurʼa tashlash marosimi 5-dekabr kuni Vashington shahrida boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eron AQShdagi JCH-2026 qurʼasini boykot qiladi