
Rafinya jarohati sabab deyarli ikki oy davomida maydonga tusha olmadi. Braziliyalik vinger yaqinda safga qaytdi – u “Barselona”ning soʻnggi ikkita oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi.
"Koʻk-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinya haqida oʻz fikrlarini bildirdi. “Men Rafinyani sogʻindim.
U jamoaning eng tartibli oʻyinchilaridan biri. U bizning futbol falsafamizga juda mos keladi va odatda oʻyinimizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
U oʻtish fazalarida juda yaxshi oʻynaydi. Uning oʻtgan mavsumdagi ajoyib oʻyinlari tasodifiy emas edi – u oʻzining qay darajada yaxshi oʻyinchi ekanligini yana bir bor isbotlashni istaydi.
Men undan buni yana koʻrsatishini istayman”, – dedi Flik matbuot anjumanida. “Barselona” 29-noyabr, shanba kuni La Liga doirasida oʻz maydonida “Alaves”ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.